Linux operatsion tizimlarida yangi foydalanuvchi yaratish

Linux operatsion tizimida xususan virtual serverda operation tizim uchun yangi foydalanuvchi yaratish usulini ko'rib chiqamiz. Foydalanuvchi qo‘shish uchun quyidagi buyruqdan foydalanishimiz mumkin:
useradd [foydalanuvchi_nomi]
Masalan:
useradd testuser
Ushbu buyruq avtomatik ravishda yangi foydalanuvchini yaratadi, lekin u foydalanuvchilar guruhga kiritilmaydi shuningdek unga uy katalogi yaratilmaydi va parol o‘rnatilmaydi. Asosiy sozlamalar uchun quyidagi kalitlardan foydalanishingiz mumkin:
-d– Foydalanuvchining uy katalogini ko‘rsatadi. Agar bunday katalog mavjud bo‘lmasa, u yaratilmaydi.-G– Foydalanuvchi qo‘shiladigan guruhlarni belgilaydi.-m– Uy katalogini yaratadi.-s– Foydalanuvchi uchun standart qobiqni (shell) ko‘rsatadi. Standart qobiq –sh.
Misol uchun:
useradd testuser -d /home/user -m -G users -s /bin/bash
Shuningdek, -p kalitidan foydalangan holda parolni ko‘rsatish mumkin, ammo bu holda parol ekranda ko‘rinadi( ya’ni terilgan kommandalardan tarixidan parol ko’rinib qoladi). Shuning uchun, foydalanuvchi yaratib bo‘lgandan keyin quyidagi buyruq yordamida parolni o‘zgartirish tavsiya etiladi:
passwd testuser
Agar siz foydalanuvchini o‘zgartirmoqchi yoki yetishmayotgan parametrlarni qo‘shmoqchi bo‘lsangiz, usermod buyruqidan foydalanishingiz mumkin:
usermod testuser -d /home/user -m -G users -s /bin/bash
Agar foydalanuvchiga administrator huquqlarini berish kerak bo‘lsa, tizimda sudo buyrug’idan foydalanishingiz kerak bo’ladi.
Buning uchun /etc/sudoers faylini tahrirlashingiz va foydalanuvchini root foydalanuvchisi bilan bir qatorda qo‘shishingiz kerak.
Har bir tizimda bu jarayon biroz farq qilishi mumkin, masalan, Debian’da quyidagicha bo‘ladi:

Foydalanuvchini o‘chirish uchun quyidagi buyruqdan foydalaning:
userdel [foydalanuvchi_nomi]
Masalan, testuser foydalanuvchisini o‘chirish:
userdel testuser
Agar foydalanuvchining uy katalogini ham o‘chirmoqchi bo‘lsangiz, -r kalitidan foydalaning:
userdel -r testuser
Bu buyruq foydalanuvchini tizimdan o‘chiradi va uning uy katalogi ham butunlay yo‘qoladi.




