Rahbar bo‘lish haqida hech kim aytmaydigan 10 ta haqiqat

Search for a command to run...

No comments yet. Be the first to comment.
Ko’pchilik boshqaruv lavozimida ishlayotganda biror loyihani amalga oshirish uchun quyidagicha strategiyani tanlaydi: • Rejani o‘zing tuzasan• Vazifalarni o‘zing taqsimlaysan• Ishni o‘zing ko‘rib chiqasan• Keyingi bosqichga o‘zing ruxsat berasan Ammo...

Quyidagi jumalalar ijtimoiy tarmoqlardan olingan, keng tarqalgan, lekin aslida muallifi noma’lum yozma fikrlardir. Lekin insonni kurashga chorlaydigan hammasiga o’ziga bog’liqligi haqida eng ma’noli so’zlardan deb hisoblaganim uchun shu joyda ulashgi...

Relatsion ma’lumotlar bazalari (Relational Databases):Relatsion ma’lumotlar bazalari o‘n yillar davomida ma’lumotlar dunyosining asosini tashkil etib keladi. Ular ma’lumotlarni oldindan belgilangan relatsion bog‘liqliklar bilan jadval ko‘rinishida sa...

Biz ko’pincha kitobni muqovasiga qarab baho berma deymizu lekin har kuni uni teskarisini qilamiz:▪️ Yig’ilishlarda kamroq yoki pastroq gapiradiganlarni e’tibordan chetda qoldiramiz▪️ Faollikni salohiyat(kompetensiya) bilan adashtiramiz▪️ “Ko’rinishi ...

Rahbarlik faqat strategiyadan iborat emas.
Bu – insoniylikdir.
Siz bu ish faqat raqamlar,buyruq berish, nazorat va yig‘ilishlardan iborat deb o‘ylaysiz. Lekin hech kim aytmaydigan haqiqat shuki:
Siz o’zingizga bo’lgan ishonchni saqlagan holda og‘ir xabarlarni yetkazishingizga to‘g‘ri keladi. (Ishdan bo‘shatishlar, Reorganizatsiya, erishilmagan maqsatlar va hkz). Yetkazish usulining o’zi bir sa’natdir.
O‘zingiz o‘stirgan, o’rgatgan yoki o’rganish uchun muhit yaratib xatolarini birgalikda to’g’rlagan odamlarni yo‘qotasiz. Ularni boshqalar olib ketadi. Ular ketadi. Ha endi ular tajribali va sizdan o’zib ketgan bo’lishi ham mumkin. Baribir og‘riqli bo‘ladi.
Xodimingiz ota-onasini yo‘qotib g‘amga botganida uning yonida bo‘lasiz va nima deyishni bilmay qolasiz. Bu vaziyatni tuzatish emas, balki shunchaki birga bo‘lish haqida bo‘ladi. Ba’zida uning oilasidagi tashvishlar sizniki hamdir.
Siz kimningdir ishda qolishiga yoki ketishiga sabab bo‘lasiz. Sizning so‘zlaringiz kutilganidan ham ko‘proq ahamiyatga ega.
Siz o‘zingizga tegishli bo‘lmagan hissiyotlarni qabul qilasiz.
Xodimingiz qo‘rquvi, charchoq, ranjish — rahbarlik hammasini o‘ziga tortadi.
Siz odamlarga jarayondan ustun qarashingizga to‘g‘ri keladi. Ba'zi holatlarda KPI (ko‘rsatkichlar) ahamiyatli bo‘lmaydi.
Siz o‘zingizni jamodagi imposoter(begona odamdek) his qilasiz... Aslida begonalik emas balki bajarayotgan loyiha(ish) taqdirini bir o’zingiz hal qila olmaysiz - taqdiringiz jamoa qo’lida bo’ladi
Rahbarga ishonch bir marta berilmasligini tushunasiz. Uni har hafta qaytadan qozonish kerak bo‘ladi.
Siz xaos paytida ham sokinlik manbai bo‘lishingiz kerak. Hatto o‘zingiz ichida parchalanayotgan bo‘lsangiz ham.
Rahbar sifatida sizning insoniy yondashuvingiz, odamlarni qanday ruhiy qo‘llab-quvvatlaganingiz, qanday ilhom berganingiz va qanday hurmat bilan munosabatda bo‘lganingiz ko‘proq qadrlanadi. (Ularni hurmat qilganmisiz?,Og‘ir paytda yonlarida bo‘lganmisiz?,Ularning fikrini eshitgansizmi? Xatolarida ularni ayblaganmisiz yoki yordam bergansiz?) — shunga qarab esda qolishingiz mumkin.
Texnik natijalar unutiladi, hissiyotlar qoladi.
Yuqoridagi fikrlar faqat eng yuqori rahbar rolidagilar haqida emas,har qanday boshqaruv xodimlari uchun ham amal qilsa kerak