Kitobni muqovasiga qarab baho berma

Search for a command to run...

No comments yet. Be the first to comment.
Ko’pchilik boshqaruv lavozimida ishlayotganda biror loyihani amalga oshirish uchun quyidagicha strategiyani tanlaydi: • Rejani o‘zing tuzasan• Vazifalarni o‘zing taqsimlaysan• Ishni o‘zing ko‘rib chiqasan• Keyingi bosqichga o‘zing ruxsat berasan Ammo...

Quyidagi jumalalar ijtimoiy tarmoqlardan olingan, keng tarqalgan, lekin aslida muallifi noma’lum yozma fikrlardir. Lekin insonni kurashga chorlaydigan hammasiga o’ziga bog’liqligi haqida eng ma’noli so’zlardan deb hisoblaganim uchun shu joyda ulashgi...

Relatsion ma’lumotlar bazalari (Relational Databases):Relatsion ma’lumotlar bazalari o‘n yillar davomida ma’lumotlar dunyosining asosini tashkil etib keladi. Ular ma’lumotlarni oldindan belgilangan relatsion bog‘liqliklar bilan jadval ko‘rinishida sa...

(Bu narsalar hech bir qo‘llanmada yozilmagan ) Rahbarlik faqat strategiyadan iborat emas.Bu – insoniylikdir. Siz bu ish faqat raqamlar,buyruq berish, nazorat va yig‘ilishlardan iborat deb o‘ylaysiz. Lekin hech kim aytmaydigan haqiqat shuki: Siz o’zi...

Biz ko’pincha kitobni muqovasiga qarab baho berma deymizu lekin har kuni uni teskarisini qilamiz:
▪️ Yig’ilishlarda kamroq yoki pastroq gapiradiganlarni e’tibordan chetda qoldiramiz
▪️ Faollikni salohiyat(kompetensiya) bilan adashtiramiz
▪️ “Ko’rinishi mos emas“ nomzodlarni rad etasiz
Ammo eng teran aql egalarining salohiyati ularning kamtarligida yashiringan bo‘ladi. Eng katta bardoshlilik (ya’ni sabr, matonat va ichki kuch) aynan eng sokin, eng muloyim, eng past ovozli odamlarda yashiringan bo‘lishi mumkin. Yaxshi rahbar yoki liderlar faqat yaqqol ko’rinib turgan narsani emas yashirin potensialni ham ko’ra oladi. Jamoa lideri biror odam yoki holatga yuzaki emas, chuqurroq nigoh bilan qaraydi. Masalan, insonning ko‘rinishi, gapirish uslubi yoki birinchi taassurotidan ko‘ra, uning ichki salohiyati, qadriyatlari, niyatlari va yashirin qobiliyatlarini ko‘rishga harakat qiladi. Ular chuqurroq qaraydi. Uzoqroq tinglaydi. Ular boshqalar e’tiborsiz qoldirgan odamlarga ishonch bildiradi. Shunday rahbarlar o‘z jamoasida yashirin iste’dodlarni kashf etadi va ularni rivojlantiradi. Ayniqsa siz noldan jamoa yig’ayotgan bo’lsangiz bu degani siz sabrli, ilhomlantiruvchi, "o‘qituvchi" tipidagi lider bo’lishingiz degani. Siz odamlarga kuchli ishonib, ularni o‘stirishdan zavqlanadi bo’lsangiz yanada osonroq eplaysiz.
Haqiqat shuki:
Agar faqat yaltiroq narsalarni izlasangiz, oltinni boy berasiz.