# Linux operatsion tizimlarida yangi foydalanuvchi yaratish

Linux operatsion tizimida xususan virtual serverda operation tizim uchun yangi foydalanuvchi yaratish usulini ko'rib chiqamiz. Foydalanuvchi qo‘shish uchun quyidagi buyruqdan foydalanishimiz mumkin:

```bash
useradd [foydalanuvchi_nomi]
```

Masalan:

```bash
useradd testuser
```

Ushbu buyruq avtomatik ravishda yangi foydalanuvchini yaratadi, lekin u foydalanuvchilar guruhga kiritilmaydi shuningdek unga uy katalogi yaratilmaydi va parol o‘rnatilmaydi. Asosiy sozlamalar uchun quyidagi kalitlardan foydalanishingiz mumkin:

* `-d` – Foydalanuvchining uy katalogini ko‘rsatadi. Agar bunday katalog mavjud bo‘lmasa, u yaratilmaydi.
    
* `-G` – Foydalanuvchi qo‘shiladigan guruhlarni belgilaydi.
    
* `-m` – Uy katalogini yaratadi.
    
* `-s` – Foydalanuvchi uchun standart qobiqni (shell) ko‘rsatadi. Standart qobiq – `sh`.
    

**Misol uchun:**

```bash
useradd testuser -d /home/user -m -G users -s /bin/bash
```

Shuningdek, `-p` kalitidan foydalangan holda parolni ko‘rsatish mumkin, ammo bu holda parol ekranda ko‘rinadi( *ya’ni terilgan kommandalardan tarixidan parol ko’rinib qoladi*). Shuning uchun, foydalanuvchi yaratib bo‘lgandan keyin quyidagi buyruq yordamida parolni o‘zgartirish tavsiya etiladi:

```bash
passwd testuser
```

Agar siz foydalanuvchini o‘zgartirmoqchi yoki yetishmayotgan parametrlarni qo‘shmoqchi bo‘lsangiz, `usermod` buyruqidan foydalanishingiz mumkin:

```bash
usermod testuser -d /home/user -m -G users -s /bin/bash
```

Agar foydalanuvchiga administrator huquqlarini berish kerak bo‘lsa, tizimda `sudo` buyrug’idan foydalanishingiz kerak bo’ladi.

Buning uchun `/etc/sudoers` faylini tahrirlashingiz va foydalanuvchini `root` foydalanuvchisi bilan bir qatorda qo‘shishingiz kerak.

Har bir tizimda bu jarayon biroz farq qilishi mumkin, masalan, Debian’da quyidagicha bo‘ladi:

![](https://mclouds.ru/wp-content/webp-express/webp-images/doc-root/wp-content/uploads/2022/12/Sudoers-1.png.webp align="left")

Foydalanuvchini o‘chirish uchun quyidagi buyruqdan foydalaning:

```bash
userdel [foydalanuvchi_nomi]
```

Masalan, **testuser** foydalanuvchisini o‘chirish:

```bash
userdel testuser
```

Agar foydalanuvchining uy katalogini ham o‘chirmoqchi bo‘lsangiz, `-r` kalitidan foydalaning:

```bash
userdel -r testuser
```

Bu buyruq foydalanuvchini tizimdan o‘chiradi va uning uy katalogi ham butunlay yo‘qoladi.
