Laravel Telescope o'rnatish va konfiguratsiya qilish

Xayrli kun Dasturchilar,
Bu maqolada Laravel loyihalarda telescope insturmentini o'rnatish va konfiguratsiya qilish haqida qisqagina ma'lumotlarni berib o'tamiz.
Laravel loyihalarni ishlab chiqayotganingizda sizga zamonaviy yordamchi bo'la oladigan insturmental kutubxonalardan biri bu Telescope. Telescope da siz dasturga kelib tushgan so'rovlar, loglar, xatoliklar(exceptions),MB ga so'rovlar, tasklar va joblarni bajarilish jarayonlari va boshqa kerakli ma'lumotlarni olishingiz mumkin.

Laravel Telescope loyihani debug qilib beruvchi yordamchi hisoblandi. Kod yozish jarayonida uni qo'lda(ruchnoy, manually) debug qilish ko'p vaqt va kuch talab qiladi. Telescope dasturga kelayotgan so'rov(request) ma'lumotlarini, exceptionlar,loglar, malumotlari bazasi so'rovlar, modellardagi o'zgarishlarni kuzatish, redis, queue jobs,tasklarni bitta interfeysda kuzatish imkonini beradi.
Quyida telescopeni o'rnatishning bosqichma bosqich tushuntirib o'taman.
Composerda quyidagi kommanda orqali telescope ni Laravel loyihangizga o'rnatish mumkin:
composer require laravel/telescope
Shuningdek siz kerakli muhit(environment) ni tanlab o'rnatishingiz ham mumkin:
composer require laravel/telescope --dev
O'rnatganingizdan so'ng telescope ni sozlash uchun quyidagi kommandadan foydalanamiz. Bu kommanda migration va config fayllarni yaratib beradi:
php artisan telescope:install
Keyingi bosqichimizda biz MB ga o'zgarishlarni artisan kommandasi yordamida migratsiya qilamiz:
php artisan migrate
Telescope instrumenti ishlatish uchun tayyor loyihani yurgizamiz:
php artisan serve
Quyidagi manzilni browserda oching
localhost:8000/telescope/requests

Yuqoridagi rasmda o'rnatilgan telescope so'rovlar( requests) oynasi ko'rinishiga misol keltirilgan
Telescope quyidagi component va ma'lumotlarini kuzatish imkonyatini beradi:
Requests
Commands
Schedule
Jobs
Batches
Cache
Dumps
Events
Exceptions
Gates
Logs
Mail
Models
Notifications
Queries
Redis
Views
Loyiha yaratish davomida yuqoridagi malumotlar yordam beradi degan umiddaman.




