Achchiq tajriba: uzr qila olmadim, kechirasiz ulgurmadim, esimdan chiqib qolibdi.

Hech jamoayingizdan shunga o‘xshash javoblar olganmisiz? Ayniqsa, bu Jira (Trello, Clickup yoki alternativ)dagi doskada kiritiladigan vazifalar emas, balki ahamiyati kamroq kichik topshiriqlar yoki o'zaro kelishuvlarda bu javoblar tez-tez eshitasiz.
— bugungi yig'ilish uchun hujjatni o‘qidingizmi? — yo‘q, ulgurmadim.
Bu qanday oqibatlarga olib keladi? Tizimli fikrlab aytsam, sabablaridan emas, balki uning jamoa holatiga va natijalarga qanday ta’sir ko‘rsatishidan boshlaymiz.
Bu yerda biz loyiha menejerining boshqaruvda aloqa(communication) orqali bajariladigan amalarida uzilishini ko‘ramiz.
Bu nimaga olib keladi:
Natijalar pasayadi. Kichik muddatlar kechikishi katta kechikishlarga aylanadi. Biror narsani muhokama qilishga ulgurmasangiz — bu vazifa sprintga tushmaydi. Natijada butun loyiha bir oyga kechikadi.
Tarjibali professional, mas’uliyatli odamlar umumiy mas’uliyatsizlik muhitida motivatsiyasini yo‘qotadi. Bu yomon ekanini tushuntirishga hojat yo‘q.
Jamoaning natijasiga, jumladan, muddatlari uchun javobgar bo‘lgan loyiha menejeri kechikishlarni minimallashtirish uchun nazoratni kuchaytirishi kerak bo‘ladi. Shuning uchun u charchagan va asabiy bo‘lib qoladi, tajribadan aytaman ;)
Iqtisodning siyosatdan ustun turgani kabi bu masalaning iqtisodiy zararlarni (qanchalik qimmatga tushishini) baholaymiz. Jamoa uchun:
Agar bu epizodik emas, balki tizimli muammo bo‘lsa, bir-ikki marta sprintga tushmasdan yillik loyiha bir oyga kechikadi.
Bundan tashqari, charchagan jahli chiqqan timlid boshqaruv xatolarini qiladi, ularning qiymatini baholab bo‘lmaydi ;) Loyiha menejeri uchun: muvaffaqiyatsiz loyiha bu — karyerasining bir yil ko‘tarilmasligiga olib kelishi mumkin.
Nega bunday bo‘ladi?
Olib keladigan zararlar ro'yxatini tuzishni to'xtatib bunday bo'lishiga olib keladigan sabablarni keltirib o'taman:
Jamoa ishining umumiy noaniqligi. Odamlar nima va nima uchun qilayotganlarini va natijalarni ko‘rmaydi. Bu ularning maqsadi emas, balki yuqoridan majburlangan. Natijada ular ishga mos ravishda munosabatda bo‘ladilar.
Alohida shaxslarning tarjibasizligi. Ba’zi dasturchilar faqat kod yozish ularning ishi deb o‘ylaydilar, qolgan hamma narsani boshqasi qilishi kerak. Men ham bir paytlar shunday bo‘lganman. Bu katta noto‘g‘ri tushuncha. Dasturchi faqat kod yozmaydi, balki jamoaning natijasi uchun javobgardir. Bu hech bo‘lmaganda, yuqoridagi kichik mayda ishlarni bajarish kerakligini anglatadi.
Nimalar sabab bo'la olmaydi:
Alohida shaxslarning ortiqcha yuklanishi. Sabablari ro‘yxatiga kirmaydi! Agar odam ortiqcha yuklangan bo‘lsa, uning vazifasi bu haqida oldindan ogohlantirish, ko'p ishlari borligini vazifani qilmaganliga fakt sifatida loyiha menejeriga qo‘yilmaydi. Agar shunday qilayotgan bo'lsa bundan bitta yuqoridagi punktga qarang.
Loyiha menejeri tomonidan vazifaning noaniq qo‘yilishi. Kim, nima va qachon qilishi kerakligi aniq bo‘lmagan - bu ham sabab emas. Mas’uliyatli xodim bu narsalarni oldindan aniqlashtiradi.
Eng muhimi barcha sabablar va sabablar-emaslar oxir-oqibat loyiha menejeriga borib taqaladi. Bu sizning vazifangiz jamoaning ishini tashkil qilish va odamlarni mas’uliyatli xodimlarga aylantirish.
Xo‘sh, nima qilish kerak?
Jamoaning ishini tashkil qilish :) Maqsadni ishtirokchilar bilan birga qo‘yish kerak, shunda bu ularning maqsadi bo‘ladi (bu haqida batafsil alohida bo‘ladi). Jarayonlarni tartibga solish va hokazo.
Maqolada ko'tarilgan muammoni communication (o'zaro aloqa ) nuqtai nazaridan ko‘rib chiqamiz. Bir paytlar men ham xodimlarning «ulgurmadim» kabi javoblariga «xo‘p» derdim. Bunday qilmaslik kerak. Eng muhimi, xodimlarning bunday javoblariga qoniqmaslik. Metamodel yordamida (bu haqida alohida maqola bo‘ladi) boshqaruv qarorlarini qabul qilayotganingizda loyihadagi real vaziyatni aniqlab olishingiz. Quyida xodimlar bergan javoblarga nisbatan berishingiz mumkin bo'lgan savollar: — «ulgurmadim» — «uning o‘rniga nima qilding?» — «qila olmadim» — «nima halaqit berdi?» Muhimi, xodimingiz keyingi safar boshqacha javob qilishga majbur bo'lishi kerak , shunda holat takrorlanmaydi. Xodimga tushuntirish kerak, bahonalar siz bilan o‘tmaydi, haqiqiy sababni topasiz va shunday qoldirmaysiz.
Hamma uchun, shu jumladan o'zingiz uchun, qat’iy o‘yin qoidalarini kiriting. Asosiysi — kelishuvlar(meetinglar, muddatlar, kichik ahamiyati kam bo'lgan vazifalar masalan meetingacha texnik topshiriqni o'qish) bajarish va xatolar ustida ishlash. Bu nimani beradi? Jamoa va menejer uchun muhim bo'lgan loyihaning muvaffaqiyatli yakunlanish ehtimoli oshadi. Xodimlaringiz o‘sadi, va shu bilan jamoaning murakkab vazifalarni hal qilish qobiliyati ham oshadi. Albatta, loyiha menejeri cheksiz eslatmalar, pinglashlar, turtishlardan xolos bo‘ladi. Nihoyat, qiziqarli va foydali narsalar bilan shug‘ullanishi mumkin.
Ushbu maqolada loyiha boshqaruvdagi bir nechta asosiy kontseptsiyalar — communication, loyiha budjeti(iqtisodiy harajatlarni boshqaruvi) va ba'zi instrumentlardan (boshqaruv fraymvorklari) foydalanib loyihaning real holatiga to‘g‘ri baholash va to'g'ri qaror qabul qilish imkon beradi. Cheksiz boshqaruv fraymvorklari (kanban, scrum, cpm, scrumBan va hkz) o'ylamasdan ishlatish loyihaga foydadan ko'ra ko'proq zarar keltiradi - Achchiq tajribada sinovdan o‘tgan.




