Achchiq tajriba: Miting(majlis) – bu simptom, kasallik emas

Maqolada majlis yoki miting so'zlari sinonim sifatida ishlatilgan
Nega biz miting qilamiz?
Bu savol oddiy ko'rinadi, lekin mitingni yoqtirmaydigan jamoingiz a'zolariga miting haqida aytishingiz bilan birinchi xayollaringa keladigan savol shu bo'lsa kerak. Biz ishni (mehnat qilayotgan loyihangiz yoki kompaniyangiz topshiriqlarini) bajarish uchun uchrashamiz ;). Har doim (odatda?) unday bo'lmaydi, ammo uchrashuvlarning maqsadi qandaydir vazifani bajarishga erishishdir. Ishni bajarish, ma'lumot almashish, qaror qabul qilish yoki hech bo'lmaganda jamoaingizni o'zaro sinxron qilish orqali ma'lum bir darajada progressga erishishingiz mumkin . Mana shu mitinglarning asosiy maqsadi hisoblanadi: Xodimlaringiz bir vaqtda barchasi bir joyda, jismoniy(oflayn) yoki virtual (onlayn) va siz jamoa bilan real vaqt rejimida suhbatlashishingiz mumkin. Hech qanday telegramdan xabarlar va telefon qilib eslatmalar yuborish, kechikishlar yo'q, faqat progress. Ammo "juda ko'p mitinglar" deb nomlangan kasallik aslida bu kasallikning simptomidir. Bu qanday simptom? Avvalambor, uchta narsaning:
Majlis - bu jarayonning buzilishining simptomi. Biz mitinglarni yordamchi, zaxira variant sifatida ishlatamiz. Ishni qanday qilishni bilmasak yoki maqsadga erishishga yordam beradigan jarayoni tushunmasak o'rganishni xohlamasak - majlislarni belgilaymiz.
Majlis - bu status uchun kurashning simptomi. Siz majlislarda qatnashish orqali muhimligingizni ko'rsatmoqchi bo'lasiz- majlisdagi o'rningiz sizning loyihada aslida bajarishingiz kerak bo'lgan ishdan ko'ra muhim bo'lib qoladi.
Majlis - bu o'zi nima ish qilayotganimizni bilmayotganimiz simptomi. Odatda bu loyiha ishtirokchilarining nima ish qilish kerakligi haqida aniq topshiriqlar berilmaganidan yoki xodim topshiriqni tushunmaganda sodir bo'ladi. Biz uchrashuvlarni mahsuldorlik bilan adashtiramiz va majlissiz nima ish qilishni bilmaymiz (yoki majlisni qilingan ish sifatida ko'rsatishga harakat qilamiz).
Majlislarning davosi
Professional loyiha menejerlarining deyarli hammasida shaxsiy taym menejment yaxshi nazoratga olingan bo'ladi, ammo hammada ham emas. Undan tashqari jamoada faqat bitta xodim o'z taym menejmentni tartibga solgan bo'lsa bu jamoaga muammolarni hal qilishga yordam bermaydi. Jamoada struktural muammoni hal qilish kerak. Shunday ekan, rahbar nima qilishi kerak? Ko'pchilik majlislarga kunlik o'tkazishni muammoning yechimi sifatida ko'rsatadi. Muammo juda ko'p uchrashuvlar emas, balki ular samarasiz ekanligi. Agar majlisda muhokama qilinadigan masalalarga hamma o'zining kompetensiyasi doirasi tayyorlanib kelsa va majlisda diqqatni jamlashgan bo'lsa bu majlis juda samarali bo'lardi. Yuqoridagi masala eshitilishi juda yaxshi bo'lsada amalda juda kamdan kam shunday bo'ladi. Majlislarni ideal o'tkazishga kuch sarflagandan ko'ra jamoaning jarayonlarini (bu haqida alohida maqola bo'ladi) tashkillashtirish va tartibga solishga vaqtingizni investitsiya qilsangiz majlislar soni o'z-o'zidan kamayib ketadi. Siz buni qilmaguningizcha, ehtimol majlislar do'zaxida qolib ketasiz.
Majlislarda ko'p vaqt behuda o'tkaziladi.
Quyida qisqacha majlislarda behuda vaqtni yo'q qilishning eng yaxshi uchta maslahati quyidagilar:
Yuqoridagi fikrlarim asosan tajribadan kelib chiqib yozilgan va qatiy qoida hisoblanmaydi, hammani tajriba yo'li har hil bo'ladi. Maqolani yozishdan asosiy maqsad shaxsiy tarjibani ulashish. Mulohazalaringiz va fikrlaringiz bo'lsa izohlarda yozib qoldiring.




