SQL vs NoSQL: Ma'lumotlar bazasini tanlash

Xayrli kun!
Bu maqolada,relatsion va non-relatsion ma'lumotlar o'rtasidagi farq qachon qaysi ma’lumotlar bazasi ishlashtish kerakligini ko’rib chiqamiz. Diqqat! Bu maqola faqat kod orqali tushunadiganlar uchun zerikarli matnlardan iborat bo'lishi mumkin.
SQL vs. NoSQL: umumiy tarif
SQL va NoSQL ma'lumotlar bazalarining asosiy vazifasi bu ma'lumotlarni saqlash. Ammo bu vazifasni qanday bajarishiga ko'ra bir nechta farqlari mavjud.
SQL yoyilmasi - Structured Query Language. Bu til relatsion bazadan ma'lumotlarni olish va manipulatsiya qilish uchun ishlatiladi. Relatsion ma'lumotlar bazasi bu oldindan qatiy belgilab berilgan sxema va jadvallar asosida qurilgan ma'lumotlar bazasi turi.
SQL o'xshamagan ma'lumotlar bazasi turi, NoSQL yoki no-relatsion ma'lumotlar bazasi strukturalamangan ko'rinishda bo'ladi. Jadvallar o'rniga NoSQL ma'lumotlar bazasi turli formatlarda masalan Json, key-value, graphlar yoki dinamik o'lchamli jadvalarda saqlanishi mumkin.
Qachon ishlatish kerak
Ma'lumotlarni saqlash usulidagi farq tufayli, siz qachon nosql,qachon sql bazalarini ishlatishni o'rganib olishingiz kerak. Buning uchun bir nechta faktorlarni ko'rib chiqamiz.
1. Mashtablashtirish
SQL ma'lumotlar bazasi vertikal mashtablashtirish mumkin, ya'ni dasturga yuklama oshirganda, dasturni koniguratsiyasi yaxshiroq serverga (operativka, CPU yoki SSD yuqoriroq) olib o'tkazish mumkin. Ma'lumotlar bazasi hajmi oshgani sayin, bitta server doimiy ravishda kengaytirilishi mumkin.
Ikkinchi tomondan NoSQL ma'lumotlar bazasi kuchaytirish uchun moslashuvchan bo'lib, gorizontal ravishda ham kengaytirish mumkin. Bu degani siz server imkoniyatlari, shu server yoniga yangi qo'shimcha serverlarni qo'shish orqali server yuklamasini oshirishingiz mumkin.
Shunday qilib, NoSQL ma'lumotlar bazalari cheksiz darajada kengaytirilishi mumkin, bu ularda katta ma'lumotlarni (BigData) saqlash uchun qulay. Shu sababdan ham Google,Amazon yoki Facebook ga o'xshash kompaniyalar o'zlarining NoSql ma'lumotlar baza turlarini ishlab chiqgan.
2. Sxema
Yuqorida keltirib o'tganimizdek SQL ma'lumotlarni strukturalangan ko'rinishda NoSQL esa aksincha ko'rinishda ma'lumotlarni saqlaydi.
SQL ma'lumotlar bazalarini ko'p qatorli tranzaksiyalar va iqtisodiy hisoblar yoki klassik tizimlar kabi relatsion tuzilmalar uchun foydali.
NoSQL ma'lumotlar bazalari qatiy strukturalanmagan, shuning uchun ular relyatsion sxmea talab qilmaydigan har qanday turdagi ma'lumotlar uchun ishlatilishi mumkin. Ular ierarxik ma'lumotlar tuzilmalari uchun juda qulay.
3. Texnologiyalar
SQL and NoSQL ma'lumotlar bazalarini tanlashga kelgan tanlov yetarli darajada ko'p. Quyida misollar keltirilgan:
SQL ma'lumotlar bazasi:
MySQL
PostgreSQL
Oracle
Microsoft SQL Server
NoSQL ma'lumotlar bazasi:
MongoDB Atlas
Cassandra
HBase
Redis
Amazon DynamoDB
4. Til standartlari
SQL ma'lumotlar bazasidan axborotlarni manipulyatsiya qilish, olish uchun kompleks so'rovlar uchun SQL tilidan foydalanadi. SQL tili ko'p tarqalgan va o'rganish uchun oson til hisoblanadi, hatto dasturlashdan xabari bo'lmagan foydalanuvchilar ham SQL dan minimum foydalanishni tez o'rganib olishlari mumkin.
NoSQL ma'lumotlar bazasi relatsion sxemaga ega bo'lgan ma'lumotlar ustida kompleks so'rovlar ustida ishlay olmaydi. Strukturalanmagan sxema uchun standarlashtirilgan til ishlab chiqish qiyinligi sababli ma'lumotlar bazasi uchun standartlashtirilgan til ishlab chiqilmagan.
Umumiy xulosa...
| SQL | NoSQL | |
| Ma'lumot saqlash | Strukturalangan, sxemalar va jadvallardan foydalanadi. | Strukturalanmagan, format va ma'lumot turlari erkin. |
| Qayerda ishlatish kerak | Ma'lumot murakkab relatsion strukturalangan. | Irearxik yoki relatsion bo'lmagan strukturaga ega bo'lgan istalgan ma'lumotlar bazasi. |
| Mashtablash | Vertikal | Gorizontal |
| Til | Standartlashtirilgan | Standartlashtirilmagan |
| Ma'lumot bazasi | MySQL, PostgreSQL, Oracle, Microsoft SQL Server | MongoDB, Cassandra, HBase, Redis, Amazon DynamoDB |
SQL bilan NoSQL orasidan asosiy farqlar keltirib o'tildi. Bu sizga ma'lumotlar bazasi bo'yicha loyihalaringizda yechim tanlashda yordam beradi degan umidaman. Ajratgan vaqtingiz uchun rahmat.




