Skip to main content

Command Palette

Search for a command to run...

Loyiha versiyasidagi raqamlar nimani anglatadi

Updated
1 min read
Loyiha versiyasidagi raqamlar nimani anglatadi

Semantik Versiyalash (SemVer) dasturiy ta'minot uchun versiyalash sxemasi bo'lib, loyihadagi yangi o'zgarishlar haqida ma'lumotni tartiblab berishga qaratilgan tushuncha hisoblanadi.

🔹 SemVer uch qismli versiya raqamidan foydalanadi: MAJOR.MINOR.PATCH.

  • MAJOR versiyasi: Loyihaning oldingi versiyalari bilan mos tushmaydigan API o'zgarishlar qilinganda bu raqam oshirildi.

  • MINOR versiyasi: Loyihaning oldingi versiyasi bilan mos keladigan tarzda yangi funksionallik qo'shilganda bu raqam oshiriladi.

  • PATCH versiyasi: Loyihaning oldingi versiyasi bilan mos keladigan xato tuzatishlar (Bug fix) kiritilganda oshiriladi.

🔹 Amaliy misol:

1 - Loyihani dastlabki versiyasi 0.1.0 bilan boshlang.

2 - Birinchi stable (barqaror) versiyasi chiqarilish stable release : 1.0.0. kabi nomlashingiz ungacha bo'lgan o'zgarishlariningiz versiyalarini minor va patch lar orqali saqlab borsangiz bo'ladi

3 - Keyingi o'zgarishlarda agar patch chiqarmoqchi bo'lsangiz : 1.0.0 versiya uchun bug fix o'zgarishlarini versiyani 1.0.1 kabi versiyada chiqarishingiz mumkin.

4- Loyihaga oldingi versiya bilan mos bo'lgan yangi funksional (feature) qo'shganingizda aytaylik oldingi versiya 1.0.3 bo'lsa yangi funksional qo'shilgan versiyangiz 1.1.0 ko'rinishda bo'lishi mumkin. (minor o'zgarish)

5- Loyihaning oldingi versiyasi bilan mos kelmaydigan yangi funksionallar qo'shilgan versiyasi - major. Masalan o'zgarishlar kiritilmasdan oldingi versiyasi 1.2.2 bo'lsa Major o'zgartirish kiritgan versiyangiz 2.2.0 ko'rinishda bo'ladi.

6 - Maxsus versiyalar va reliz chiqarishdan olding versiyalar qo'shimcha belgilab yordamgi beta, alpha rc (pre-reliz) kabi versiyalarga ajratib olish mumkin.

Masalan: 1.0.0-alpha, 1.0.0-beta, 1.0.0-rc Yaratilish sanasini qo'shish : 1.0.0+20240313144700.

Loyihalar

Part 1 of 1

Ayti loyihalar haqida gaplashamiz

More from this blog

Rashidov Nuriddin

34 posts