Loyiha menejerlari busiz hich narsa qila olmaydi.

Loyiha menejerlar ko‘pincha loyiha rejalashtirilgan ikki oy o‘rniga, masalan, to‘rt oy talab qilishiga duch kelishadi. Buning sabablaridan biri odatda vazifalar uchun vaqt noto‘g‘ri baholangan bo‘lishi mumkin. Ushbu muammoni hal qilish uchun dekompozitsiya usulidan foydalanish eng oson yechim hisoblanadi.
Dekompozitsiya nima va qayerlarda ishlatiladi?
Dekompozitsiya — bu katta va murakkab jarayonni kichik va sodda qismlarga ajratishdir. Vazifalarni belgilashda dekompozitsiya qilish — bu abstrakt va yirik vazifani aniq baholash mumkin bo‘lgan kichik topshiriqlarga bo‘lishni anglatadi.
Misol
Tasavvur qilaylik, loyiha menejeri "Kompaniya uchun yangi veb-sayt yaratish" loyihasini boshqaradi. Ushbu loyihani dekompozitsiya qilish uchun uni bir necha asosiy bosqichlarga ajratamiz:
1. Kontseptsiya va rejalashtirish
Mijoz talablari va maqsadlarini aniqlash
Raqobatchi tahlili o'tkazish
Texnik yechimlarni tanlash (CMS, dasturlash tillari, hosting va h.k.)
Ish jadvalini tuzish
Budjetni belgilash
2. Dizayn bosqichi
Veb-saytning dastlabki wireframe va prototiplarini yaratish
UI/UX dizayn konsepsiyasini ishlab chiqish
Mijozga dizayn maketlarini taqdim etish va fikrlarini olish
Dizaynni yakuniy holatga keltirish
3. Dasturlash (Frontend va Backend)
Frontend (HTML, CSS, JavaScript) ishlab chiqish
Backend (ma'lumotlar bazasi, API, server logikasi) yaratish
Foydalanuvchi autentifikatsiya tizimini ishlab chiqish
Saytning mobil moslashuvchanligini ta’minlash
4. Testlash va optimizatsiya
Funktsional testlar (har bir sahifa va tugma ishlashini tekshirish)
Yuklama testi (ko‘p foydalanuvchi ishlatganda sayt tezligi)
Xavfsizlik tekshiruvlari (SQL injection, XSS va boshqalar)
SEO optimizatsiyasi (tezlik, meta-teglar, mobil moslashuvchanlik)
5. Ishga tushirish va monitoring
Saytni domen va hostingga yuklash
Mijoz va foydalanuvchilarga sinov muddati berish
Google Analytics va boshqa kuzatuv tizimlarini sozlash
Foydalanuvchi fikr-mulohazalarini yig‘ish va yangilanishlarni rejalashtirish
Dekompozitsiya usuli yordamida loyiha katta va chalkash bir ish emas, balki aniq, bajarilishi mumkin bo‘lgan bosqichlarga bo‘lingan reja shaklida tasavvur qilinadi. Har bir qadam aniq vazifalar va mas'uliyatlar bilan bog‘lanadi, bu esa loyiha menejeriga jarayonni samarali boshqarishga yordam beradi.
Shunday qilib, loyiha menejerlari WBS (Work Breakdown Structure – Ishlarni bo‘lish tuzilmasi) yordamida loyihani mayda qismlarga ajratib, har bir bosqichni samarali boshqarishlari mumkin.
Dekompozitsiya qoidalari va prinsiplari
Dekompozitsiyada qat’iy qoidalar mavjud emas. Asosiy maqsad – murakkab jarayonni oddiy qismlarga ajratish. Biroq, dekompozitsiyani to‘g‘ri bajarishga yordam beradigan prinsiplar mavjud:
Loyiha qismlari bir-biridan mustaqil bo‘lishi kerak – Har bir vazifa aniq shakllangan bo‘lib, boshqa vazifalar bilan kesishmasligi lozim.
Ierarxik tuzilishga amal qilish – Har bir kichik vazifa o‘zidan yuqori darajadagi vazifaga bo‘ysunishi va umumiy loyiha tarkibiga mos kelishi kerak.
Natijalar butun jarayonga mos kelishi kerak – Har bir vazifa umumiy natijaning bir qismi hisoblanadi va ularning yig‘indisi loyiha natijasining 100% ini tashkil qilishi lozim. Ya’ni, barcha vazifalar bajarilgach, loyiha ham to‘liq yakunlanishi kerak.
Dekompozitsiya qilish va loyihani vaqt budjetlarini baholash bo‘yicha maslahatlar
Dekompozitsiyani o‘rganish uchun uni amalda qo‘llash kerak. Katta va mavhum vazifalarni kichik qismlarga ajratib boring. Dekompozitsiyadan qancha ko‘p foydalansangiz, uni shunchalik yaxshi o’rganib borasiz.
O‘rganish jarayoni oddiydan murakkabga tomon bo‘lishi mumkin. IT sohasida bu quyidagicha ko‘rinadi:
Tayyor loyiha ustida ishlash (bajarib bo’lingan ishlayotgan)
Allaqachon qismlarga ajratilgan loyihani o‘rganing.
Vazifalar qanday bo‘linganini va ularning baholash tamoyillarini tushunib chiqing.
Standart loyihani tahlil qilish va baholash
Oddiy bir loyihani vazifalarga ajratishga harakat qiling.
Unga qancha vaqt va resurs talab qilinishini baholang.
Murakkab loyihalar bilan ishlash
Faqat prototipga ega bo‘lgan loyihalarni dekompozitsiya qiling.
Faqat texnik topshiriqqa (T3) loyihalarni qismlarga ajrating o’rganib ko’ring.
Agar siz texnik topshiriq yoki loyihani to‘g‘ri qismlarga ajratishni o‘rgansangiz, har bir vazifani aniq baholay olasiz. Natijada, loyiha uchun zarur bo‘lgan vaqt va resurslarni real holatga yaqin aniqlash imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
Bilimingizni oshirmoqchi bo’lsangiz quyidagi kitobni tavsiya qilaman




