Istalgan dasturlash tilida qilishingiz mumkin bo'lgan 10 ta qiziqarli loyihalar

Dasturiy ta'minot ishlab chiqishni boshlash qiziqarli va kompyuter bilan uning tilida muloqot qilishni o'rganish hayajonli bo'lsa-da, siz bundan ham ko'proq narsalarni qilishni xohlaysiz. Asoslarni o'rganish yaxshi, lekin siz o'z ko'nikmalaringizni rivojlantirishingiz va dasturiy ta'minot ishlab chiqishning qaysi jihatiga e'tibor qaratmoqchi ekanligingizga qarab, bir necha loyiha orqali o'z tushunchalaringizni sinab ko'rishingiz kerak bo'ladi.
To‘g‘ri loyihani topish biroz qiyin bo‘lishi mumkin, chunki ko‘pincha qaysi ko‘nikmani birinchi bo‘lib sinab ko‘rishingiz kerakligiga amin bo‘lmaysiz, ammo xavotir olmang. Mana, ishlab chiquvchi ko'nikmalaringizni yaxshilashga yordam beradigan 10 ta qiziqarli loyiha.
Oddiy Kalkulyator
O'zingizning kalkulyatoringizni yaratish nafaqat qiziqarli, balki bu juda oson loyiha bo'lib, sizga kompyuter algoritm orqali qanday qilib masala yechimlarini izlayotganini tushunishga yordam beradi. Siz kalkulyatorni ko'pgina tillarda (Python, Java, JavaScript va boshqalar) yaratishingiz mumkin, bu esa ushbu tillar bilan ishlashni xohlasangiz, eng yaxshi boshlang'ich loyihalardan biri hisoblanadi.
Tic-Tac-Toe o'yini
Hamma yaxshi tanish bo‘lgan Tic-Tac-Toe o‘yinini yaratish nafaqat biroz bolalik xotiralarini qaytaradi, balki algoritm skriptini yaratish qobiliyatingizni ham mustahkamlaydi. Tic-Tac-Toe o'yini biroz qiyin bo'lishi mumkin, ammo FreeCodeCamp’ning qo'llanmasidan foydalanishingiz mumkin.
Moslashuvchan Portfolio veb-sayti
Veb-dasturlashni yoqtirasizmi? U holda, bu loyiha sizga albatta yoqadi. O'z ko'nikmalaringiz, tajribangiz va potentsial mijoz yoki ish beruvchini hayratga solmoqchi bo'lgan har qanday narsangizni namoyish qiladigan, barcha qurilmalar ekraniga moslasha oladigan moslashuvchan veb-sahifa yarating. Ushbu loyiha qiziqarli bo'lishining sababi shundaki, uni sozlash juda oson va dizayn uchun hech qanday qoidalar yo'q, bu degani siz uni xohlaganingizcha uslubda tayyorlashingiz mumkin, faqat u moslashuvchan bo'lsa bas.
Todo ro'yxati yoki Test dasturi
Siz OOP (Ob'ektga yo'naltirilgan dasturlash) haqida eshitganmisiz? Test dasturi uning juda oddiy namunasi va uni yaratish juda oson. OOP haqida oddiy tushuncha shuki, kodni real hayotdagi holatlarga moslashtirishdir, lekin albatta bu borada ko'proq narsalar mavjud. OOP nima ekanligini va uni olti yoshli bolaga qanday tushuntirish mumkinligini bilib oling!
Veb sahifa klonini yaratish
Veb-dasturlash bo'yicha o'z ko'nikmalaringizga ishonch hosil qila boshlaganingizdan so'ng, o'zingiz yoqtirgan mavjud veb-sahifani topib, ularning sahifa dizaynini takrorlashga harakat qilib, o'zingizni biroz qiynab ko'rishingiz kerak. Bu qiyinchilik darajasi qaysi veb-sahifani klonlashni tanlashingizga bog'liq, ammo qiziqarli bo'lgan ba'zi veb-sahifalar (Airbnb, DropBox, Vogue, Apple va Dribbble).
Iqtibos yoki Mem Generator
Bu yangi boshlovchilar uchun mashq, lekin bu do'stlaringiz bilan zavqlanish uchun yaratishingiz mumkin bo'lgan yana bir qiziqarli ilova. Asosan matn va tasvirlar bilan ishlash haqida bo'lib, bir necha qator kod bilan bu ishni tugatishingiz mumkin. Ilovangizni ajoyib dizayn bilan yaxshilashingiz, shuningdek, unga bir nechta funksiyalarni, masalan, tasodifiy, saqlash va ulashishni qo'shishingiz mumkin.
Birlik Konverter Dasturi
Shuningdek, OOP loyihasi bo'lib, birlik konverter dasturini yaratish sizga Ob'ektga yo'naltirilgan dasturlashni tushunishingizni oshirish imkonini beradi. Dasturingizni ajoyib funksiyalar va dizayn bilan imkon qadar mukammal qiling.
API foydalanish dasturi
Baza bilan bog'lanadigan boshqa dastur bilan aloqa qiluvchi ilova yarating (API, ya'ni dasturiy ta'minot interfeysi yordamida). Oddiy misol, Twitch.TV da ma’lum kanallarning oqim holatini yoki GitHub’dagi kelgusi tadbirlar haqida sizga yangilanishlarni beruvchi ilova bo'lishi mumkin. Ushbu turdagi loyiha sizga dasturlar bir-biri bilan qanday aloqa qilishini va siz qanday qilib mavjud dasturlardan foydalangan holda yanada ajoyib dasturlar yaratishingiz mumkinligini yaxshi tushunishga yordam beradi. API nima ekanligini o'rganing.
Chat Ilovasi
O'zingizning chat ilovangizga ega bo'lish juda ajoyib. Bu biroz murakkab loyiha bo'lsa-da, agar siz yuqorida sanab o'tilgan ajoyib loyihalardan bir nechtasini yaratishga vaqt ajratgan bo'lsangiz, unda o'zingizning chat ilovangizni yaratish uchun ko'nikmalaringiz yetarli bo'ladi. Siz, shuningdek, P2P (shaxsdan shaxsga) video chat ilovasini ham yarata olasizmi? Nima uchun bo'lmasin? Imkoniyat darajasida ko'proq chat ilovalari yarating (o'z-o'zini yo'q qiluvchi xabarlar, Bluetooth chat ilovasi va h.k.).
Xulosa
Ushbu loyihalar ko'p soatlar davomida diqqat va bag'ishlanishni talab qiladi, lekin agar siz astoydil harakat qilsangiz va yechimlarni qidirishni o'rganishni boshlasangiz, ularning barchasini yaratishingiz mumkin. Shunday ekan, kod yozayotganda sabrli bo‘ling va zavqlaning! O'rganishga bo'lgan ongli va uzluksiz harakatlaringiz tez orada sizni juda oson loyihalardan murakkabroq loyihalarga o'tkazadi va bu siz uchub juda foydali bo'ladi.




