# 10 ta yangi linux foydalanuvchilar bilishi shart bo'lgan kommandalar

Linux kommandalari bu foydalanuvchilarga interfeysiz terminal orqali uni boshqarish imkonini beradigan operatsion tizimning ajralmas qismi hisoblanadi. Terminal kommandlarini ishlatishni o'rganib olsangiz Linux operatsion tizimida ishlashingiz osonroq bo'ladi. Bu maqolada biz eng ko'p ishlatiladigan Linux kommandalari va ulardan qanday foydalanish haqida ma'lumotlar berilgan.

## **1\. ls**

`~$ ls`

Bu kommanda terminalda aktiv turgan papkadagi ichki papka va fayllar ro'yxatini chiqarish uchun ishlatiladi. ls kommandasini ishlatish uchun terminalda "ls" commandasi terilib enter bosilishi yetarli.

## **2\. cd**

`~$ cd /path`

`cd` kommandasi terminaldagi aktiv papkani almashtirish imkoniyatini beradi. Papkani almashtirish uchun `cd` kommandasini terib kerakli papkanining manzilini kiritasiz va `Enter` ni bosasiz.

## **3\. pwd**

`~$ pwd`

`pwd` terminaldagi aktiv papkani to'liq manzilini chiqaradi. Kommandadan foydalanish uchun terminalda `pwd` so'zini kiritib `Enter`ni bosish kifoya.

## **4\. mkdir**

`~$ mkdir new_directory`

`mkdir` kommandasi terminaldagi aktiv papka ichida yangi papkalar yaratadi. Bu buyruqni terminalda ishlatish uchun yaratmoqchi bo'lgan papka nomini `mkdir` kommandasidan keyin kiriting `Enter` tugmasini bosasiz va siz hohlagan papkani yaratib beradi.

## **5\. rm**

`~$ rm -r directory`

`rm` buyrug'i papka yoki fayllarni o'chirish uchun ishlatiladi. Faylni o'chirish uchun "rm" buyrug'i kiritib izidan o'chirmoqchi bo'lgan fayl nomini kiriting masalan `rm file.txt`. Papkani uchuning ichida subpapkalari va fayllari o'chirish uchun -r attribute ni qo'shib yozish mumkin `rm folder -r`

## **6\. touch**

`~$ touch file.txt`

touch yangi fayl yaratish imkonini beradi.Buyruqdan foydalanish uchun touch buyrug'idan kegin fayl nomini kiritasiz: `touch file.txt`

## **7\. cp**

`~$ cp -r source destination`

`cp` buyrug'i yordamida fayllar yoki papklarni nusxalashingiz mumkin. Faylni nusxalash uchun nusxaslash uchun faylni va qaysi manzilga nusxalash kerakligini kiritasiz: masalan: `cp file.txt newfile.txt` . Papkani nusxalash uchun `cp -r` kommandasidan keyin nusxalamoqchi bo'lgan papkangiz va nusxalash manzilini kiritib `Enter` ni bosing.

## **8\. mv**

`~$ mv source destination`

`mv` buyrug'i fayllar yoki papkalarni ko'chirish uchun ishlatiladi. Faylni ko'chirish uchun mv buyrug'idan so'ng fayl nomini va qaysi manzilga ko'chirmoqchi ekanligingizni ketma ket kiriting: `mv file.txt /home/user/Documents` .

## **9\. cat**

`~$ cat file.txt`

`cat` buyrug'i fayl kontentini ko'rsatish uchun ishlatiladi. Bu buyruqdan foydalanish uchun terminalda `cat` buyrugini kiritib izida fayl nomini yozib `Enter` bosasiz.

## **10\. grep**

`~$ grep string_to_search file.txt`

`grep` buyrug'i mahsus pattern(shablon) yoki matn bo'yicha kerakli fayllardan qidiradi. Buyruqdan foydalanish uchun terminalda grep buyrug'ini yozib undan so'ng birinchi kalit so'z ya'ni nimani qidirmoqchi ekanligingizni kiritasiz shundan so'ng qaysi faylning manzilini kiritasiz. masalan: `grep example file.txt`

Yuqorida 10 ta eng ko'p foydalaniladigan buyruqlar haqida ma'lumotlar keltirildi, bundan tashqari Linux operatsion tizimida ko'plab turli vazifalarni bajaruvchi buyruqlar mavjud. Operation tizimda professional ishlamoqchi bo'lsangiz qolgan qo'shimcha buyruqlarni ham o'rganib chiqishingiz mumkin. Bunda sizga dasturchilarmiz (Gulmirza Norboyev) tomonidan yaratilgan [quyidagi dastur](https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.simplex.cmdlinux) asqotishi mumkin. Dasturni mobil telefoningizga o'rnatib offlayn ishlatishingiz mumkin.
